Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Kilian Mbappe fransuz futboli tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida Anri bilan tenglashdi

Kilian Mbappe fransuz futboli tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida Anri bilan tenglashdi

Kilian Mbappe professional faoliyatidagi gollar soni bo‘yicha Tyerri Anriga yetib oldi va endi u bilan jahon futboli tarixidagi eng ko‘p gol urgan fransuzlar orasida ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Bu haqda Onefootball xabar bermoqda.

20 dekabr kuni futbolchi Ispaniya chempionatining o‘n yettinchi turida "Sevilya" darvozasini ishg‘ol qilib, klubning 2:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Endi uning hisobida 411 ta gol bor.

Birinchi o‘rinda 506 ta gol bilan faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirayotgan Karim Benzema bormoqda.

Kiritildi: Bugun 19:07. O'qildi: 251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!