Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Kiyevda Xitoyning Rossiyaga hududni berish talabiga munosabat bildirildi

Kiyevda Xitoyning Rossiyaga hududni berish talabiga munosabat bildirildi

Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixaylo Podolyak o‘zining Twitter’dagi sahifasida Xitoyning “bosib olingan hududlarni Rossiya Federasiyasiga qaytarib berish” talablariga munosabat bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy axborot vositalarida muntazam paydo bo‘ladigan har qanday “murosa takliflari” amalga oshirilsa, demokratiyaning barbod bo‘lishi, Rossiyaning g‘alabasi, Rossiya prezidenti Vladimir Putin rejimining saqlanib qolishi va xalqaro siyosiy maydonda nizolar kuchayishini anglatadi. .

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WSJ Xitoyning maxsus vakili Li Xuy yevropalik diplomatlar bilan uchrashuvlar chog‘ida “Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish va Rossiyaga bosib olingan Ukraina hududlarini berishni” taklif qilgani haqida maqola chop etgan edi.

Kiritildi: 06:42 27.05.2023. O'qildi: 4408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!