Kecha Kiyev va Moskva urush zonasida halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishdi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi deputati, Ukrainadagi harbiy amaliyotlar bo‘yicha parlament muvofiqlashtiruvchi guruhi vakili Shamsail Saraliyev ma’lum qildi.
"Ha, haqiqatan ham, Mudofaa vazirligi orqali jasadlarni topshirish amalga oshirildi. Biz 44 nafar jasadni Ukraina tomoniga topshirdik, 160 nafar jasadni qabul qildik", — deb izoh berdi u.
Ukraina tomoni ham bu ma’lumotni tasdiqladi.