Kiyev viloyati hukumati bir kechada poytaxt va uning atrofidagi hududlarga yuborilgan 56 ta rus dronidan 53 tasini urib tushirishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi.
Gubernator Ruslan Kravchenkoning aytishicha, qolgan uchta raketadan muhim infratuzilmaga hech qanday zarar yetmagan.
«Rossiyaning hujumchi uchuvchisiz uchoqlari turli yo‘nalishlardan va turli guruhlarda Kiyevga yo‘l olgan», — deb yozdi Kiyev harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko Telegram’da.
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyevda qurbonlar va vayronalar yo‘q».