Rus qo‘shinlari Kiyev atrofidan surib chiqarilganidan ikki yil o‘tib, Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko Rossiya armiyasining shaharga yangi hujumi xavfini ko‘rmoqda.
"Kiyev Putinning asosiy nishonlaridan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi, chunki poytaxt mamlakatning yuragi hisoblanadi", — deya ta’kidladi mer Bild am Sonntag nashriga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, Klichko ayni damda Ukraina ehtimoliy yangi hujumlarga ikki yil oldingiga qaraganda ancha yaxshi tayyorlanganini aytib o‘tdi.
"Har qanday ssenariylarni hisobga olish zarur. Agar Putin Kiyevni qo‘lga kiritishga qaror qilsa, bu qonli qaror bo‘ladi", — deya ogohlantirdi u.
Nashr bilan suhbatda Klichko Germaniya Cosial-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Rolf Myutsenixni urushning "muzlatib qo‘yilishi" haqidagi so‘zlari uchun ham tanqid qildi.
"Biz hech qaysi hududimizni Rossiyaga bermaymiz. Bu borada murosaga kelish mumkin emas. Urushni muzlatish o‘rniga Ukrainaga havo mudofaasi sohasida xalqaro yordamni oshirish kerak", — deya fikr bildirdi Vitaliy Klichko.