Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati ma’lum qildi.
Buning uchun Kiyev tomonida jang qilayotgan Rossiya va Belarus millatchi otryadlari vakillaridan iborat qo‘poruvchilik va razvekda guruhi Polshaga jo‘natiladi.
Guruh Polsha xavfsizlik kuchlari tomonidan “zararsizlantirilgandan” so‘ng, uning a’zolari OAV oldida Rossiya va Belarusning Polshadagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishini “fosh qiladilar”.
Ushbu provokasiya ssenariysi Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi tomonidan Polsha razvedka xizmatlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan, - deyiladi xabarda.