Bugun 13 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kiyev birinchi marta urushni tugatish uchun Rossiyaga hududiy imtiyozlar ssenariysini jiddiy muhokama qila boshladi

Kiyev birinchi marta urushni tugatish uchun Rossiyaga hududiy imtiyozlar ssenariysini jiddiy muhokama qila boshladi

Kiyev birinchi marta urushni tugatish uchun Rossiyaga hududiy imtiyozlar ssenariysini jiddiy muhokama qila boshladi. Bu haqda Der Spiegel xabar berdi.

"Ukraina hukumati Kiyev hududiy yon bosishi mumkin bo‘lgan Rossiya bilan mojaroga barham berish ssenariysini muhokama qilmoqda", deb yozadi Der Spiegel jurnali ukrainalik yuqori martabali amaldorga tayanib.

Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, ilgari Kiyevda g‘alaba Rossiyaning “so‘zsiz taslim bo‘lishi”, deb hisoblangan. "Ammo imtiyozlarsiz g‘alabaga erishish imkonsiz. Kelishuv Rossiya uchun ham foydali bo‘lishi kerak", deya ukrainalik rasmiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi nashr.

U Ukraina harbiylarining jangovar ruhi pasaygani va jamiyatdagi bo‘linishga ishora qildi. "Prognoz yomon. Odamlar jang qilishni xohlamayapti", — deydi Der Spiegel suhbatdoshi.

Uning fikricha, AQSh prezidentlik saylovlarida kim g‘alaba qozonishidan qat’i nazar, G‘arb davlatlarining Kiyevni qo‘llab-quvvatlashi asta-sekin kamayadi.

Kiritildi: Bugun 10:34. O'qildi: 800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!