Trampning AQSh Grenlandiyani sotib olishi kerakligi haqidagi da’volari fonida uning o‘g‘li orolga tashrif buyurdi.
"AQShning saylangan prezidentining 47 yoshli to‘ng‘ich o‘g‘li kichik Donald Tramp 7 yanvar kuni Grenlandiya poytaxti Nuukga uchib ketdi. Grenlandiya rasmiylari u bilan uchrashmasliklarini va bu bir necha soat davom etadigan shaxsiy tashrif ekanligini ma’lum qilishdi", deb yozadi AP.
Shunga qaramay, tashrif siyosiy tusga ega, deya qayd etadi agentlik. Donald Tramp birinchi prezidentlik muddatida Grenlandiyani sotib olishni yoqlab chiqqan va AQSh prezidenti etib qayta saylanganidan keyin bu mavzuga yana qaytgan.