KFC va Pizza Hut kompaniyalari Turkiyadagi barcha restoranlarini yopishini ma’lum qildi. Bu qaror mamlakatdagi iste’molchilar tomonidan ularga nisbatan boykot e’lon qilingani tufayli qabul qilindi. Boykotning asosiy sababi kompaniyalarning Isroil siyosatiga aloqadorligi va uni qo‘llab-quvvatlashi bilan bog‘liq.
TRT rus xizmatining xabar berishicha, boykot Yaqin Sharqdagi murakkab siyosiy vaziyat va Isroilning harakatlarini tanqid qiluvchi global kampaniyaning bir qismi hisoblanadi. Turkiyada KFC va Pizza Hut savdosi keskin pasayib, dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha past bo‘lgan.
Shuningdek, kompaniyalar bayonotida 2020 yildan 2023 yilgacha Turkiya bozoridagi o‘sish 300 foizni tashkil etgani ta’kidlandi. Biroq, so‘nggi paytlardagi boykotlar restoran tarmoqlarining faoliyatini davom ettirishni qiyinlashtirgan.
Musulmon mamlakatlarda Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi kompaniyalarga qarshi boykotlar ta’siri tobora ortib bormoqda.