Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Keyingi hafta O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Keyingi hafta O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Gidrometeorologiya xizmati markazi 10-13 fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘ladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

QORAQALPOG‘ISTON

Havo o‘zgarib turadi, 10 va 13 fevralda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 11-12 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 13 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo o‘zgarib turadi, 10 fevralda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 11 va 13 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 12 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 fevralda 0-5 daraja iliq, 12-13 fevralda 2-7 daraja iliq, kunduzi 10 va 12 fevralda 10-15 daraja iliq, 11 va 13 fevralda 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYATLARI

Havo o‘zgarib turadi, 10 va 12 fevralda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 11 va 13 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 fevralda 0-5 daraja iliq, 12-13 fevralda 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 12 fevralda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

QASHQADARYo VA SURXONDARYo VILOYATLARI

Havo o‘zgarib turadi, 10 va 12 fevralda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 11 va 13 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 va 13 fevralda 2-7 daraja iliq, 11-12 fevralda 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 12 fevralda 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo o‘zgarib turadi, 10 va 12 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 11 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 fevralda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 11-13 fevralda 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 10-11 fevralda qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10 fevralda 0-5 daraja iliq, 11-13 fevralda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.


Kiritildi: 13:57 08.02.2019. O'qildi: 2916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!