Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Keniyadagi maktab yong‘inida 17 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

Keniyadagi maktab yong‘inida 17 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

Keniya markazidagi boshlang‘ich maktab-internatda yong‘in sodir bo‘lib, 17 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters mahalliy polisiyaga tayanib xabar beradi

- Yong‘in vaqtida 17 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi, 14 nafari tan jarohati oldi. Hozir voqea joyida guruhimiz ishlamoqda, - dedi rasmiy vakillar.

Mamlakat prezidenti Uilyam Ruto ushbu mudhish voqeani chuqur o‘rganishni tegishli idoralarga topshirishi va aybdorlar javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Keniyada so‘nggi yillarda maktablarda bir necha marta yong‘in sodir bo‘lgan. Xususan, 2001 yilda Nayrobi yaqinidagi Kyanguli o‘rta maktabi yotoqxonasida yong‘in sodir bo‘lib, 58 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan. 2012 yilda Keniya g‘arbidagi Xoma-Bey okrugidagi maktabda sakkiz nafar o‘quvchi xuddi shu sabab bilan vafot etgan.

Kiritildi: 21:05 06.09.2024. O'qildi: 841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!