Mamlakat parlamenti soliqlarni oshirishga qaror qilganidan so‘ng namoyishchilar parlament binosiga bostirib kirishdi. Namoyishchilar hukimatdan mamlakatdagi og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashni talab qilishmoqda.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, bir necha kundan buyon davom etayotgan namoyishlar chog‘ida allaqachon 8 kishi halok bo‘lgan, 200 dan ortiq kishi jarohatlangan.