Germaniya polisiyasi Keln shahrining tarixiy qismida joylashgan «Vanity Club Cologne» klubida yuz bergan portlash yuzasidan tergovni boshladi.
Nemis matbuotiga ko‘ra, portlash mahalliy vaqt bilan 5:58 da sodir bo‘lgan. Kamida bir kishi jabrlangan - og‘ir yarador kasalxonaga yotqizilgan. Qurbonlar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.
Videokuzatuv kamerasi tasvirlaridan ko‘rinib turibdiki, voqea sodir bo‘lishidan biroz avval qalpoq kiygan erkak klub eshigiga yaqinlashib, sumkasini tashlab ketgan.
Portlash natijasida binoning bir qismi vayron bo‘lgan, o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib kelgan, biroq yong‘inni o‘chirishga hojat qolmagan; Klub yaqinidagi hudud polisiya tomonidan o‘rab olingan va huquq-tartibot idoralari xodimlari surishtiruv ishlarini boshlagan.
Tergovchilar voqeani uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq boshqa hodisalar bilan bog‘lashmagan.