Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“Kellog rejasi” o‘z ichiga nimalarni oladi?

“Kellog rejasi” o‘z ichiga nimalarni oladi?

OSW Report tomonidan Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha “Kellog rejasi” e’lon qilindi.

Ushbu rejani AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp tomonidan Ukraina bo‘yicha maxsus elchi sifatida tayinlanishi kutilayotgan Keyt Kellog 2024 yil aprel oyida ishlab chiqqan.

Reja quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

◾️ Rossiya Federasiyasining yakkalanishiga barham berish: Moskva bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatish va Putinni salbiy qarashlardan voz kechishiga erishish;

◾️ Tinchlik muzokaralari: Ukraina va Rossiyaga bosim o‘tkazish zarur, toki ular o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib, muzokaralarni boshlashlari kerak;

◾️ Rossiya Federasiyasi uchun imtiyozlar: Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini 10 yilga kechiktirish, Rossiyaga Ukrainada bosib olgan hududlarni saqlab qolishga ruxsat berish, Ukraina uchun maqbul bo‘lgan tinchlik bitimlarini tuzish sharti bilan, sanksiyalarni bosqichma-bosqich olib tashlash va AQSh bilan munosabatlarni normallashtirish;

◾️ Ukrainaga yordam: Ukrainaga harbiy yordam va ikki tomonlama xavfsizlik kafolatlarini davom ettirish. Ukraina Rossiyaning o‘z hududlari ustidan nazoratini rasman tan olishi shart emas, lekin Kiyev status-kvoni kuch bilan o‘zgartirishdan tiyilishi kerak;

◾️ Ukrainaga bosim: Kiyev tinchlik muzokaralaridan bosh tortsa, AQSh harbiy yordamini to‘xtatishi mumkin.

Kiritildi: 16:52 03.12.2024. O'qildi: 753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!