Kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan advokat Boris Epshteyn Trampning Ukrainadagi maxsus vakili bo‘lishi mumkin — The New York Times.
Nashr manbalariga ko‘ra, Epshteynning o‘zi Tramp Bayden bilan Oq uyda uchrashuvga uchayotganida o‘zini ushbu lavozimga tayinlashini taklif qilgan. Epshteynning diplomatiya sohasida tajribasi yo‘q, lekin uni o‘zining so‘zlariga ko‘ra, uning Rossiyada ham, Ukrainada ham qarindoshlari bor.
"Trampning jamoasidagilar Epshteynning taklifidan hayratda qolishdi. Biroq, saylangan prezident o‘ziga qarshi jinoiy ishlar bo‘yicha himoyani muvofiqlashtirgan yordamchisining so‘zlarini diqqat bilan tingladi", deb yozadi The New York Times manbalariga tayanib.
Hozirda Epshteynning o‘zi ham jinoiy ish ishtirokchisi hicoblanadi. Arizona shtatida u va Trampning boshqa maslahatchilari 2020 yilgi AQSh prezidentlik saylovi natijalarini soxta saylovchilar ro‘yxati orqali bekor qilishga urinishda ayblangan.
Gazeta manbalariga ko‘ra, ayni paytda Epshteyn Trampning atrofidagi ta’siri kuchli shaxslardan biri bo‘lib, buni hatto saylangan prezidentning eng yaqin ittifoqchisi Ilon Mask ham anglab yetgan.
Ma’lumot uchun, Boris Epshteyn 1982 yilda Moskvada tug‘ilgan bo‘lib, 1993 yilda AQShga ko‘chib o‘tgan.