Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Kelasi yil 1 martdan haydovchilik guvohnomasini yonida olib yurish tartibi bekor bo‘ladi

A A A
Kelasi yil 1 martdan haydovchilik guvohnomasini yonida olib yurish tartibi bekor bo‘ladi

YHXX inspektorining haydovchidan haydovchilik guvohnomasini talab qilishni bekor qilishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori qabul qilindi.

✅ Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 martdan identifikasiya ID-kartaga ega fuqarolarga tegishli transport vositasi haydovchisidan:

➖ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;
➖ transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi, transportga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
➖ transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisini talab qilish amaliyoti bekor qilinadi.

📱 Haydovchining yo‘l-patrul xizmati inspektoriga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlari yonida bo‘lmagan taqdirda ular maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikasiya ID-kartasi orqali tekshiriladi.

❗️BU MUHIM:

1️⃣ Ushbu tartib faqat ID-karta egalariga taalluqli. Biometrik pasport egalariga amal qilmaydi.
2️⃣ Bu degani "prava", ishonchnoma yoki sug‘urta polisi umuman bo‘lmasa ham mashina haydash mumkin degani emas. Ular albatta bo‘lishi kerak, faqat uni yonida olib yurish shart bo‘lmaydi.

Kiritildi: 09:42 16.10.2021. O'qildi: 3997 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!