Bu haqda Bloomberg yozmoqda.
Agentlik muxbirlarining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv tafsilotlari hali ko‘rib chiqilmoqda, biroq delegasiya tarkibida milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar bo‘lishi ehtimoli yuqori.
Nashrning yozishicha, Yevropa amaldorlarining ko‘pchiligi uchrashuv haqida xabardor qilinmagan. Unda Ukraina rasmiy vakillari ham ishtirok etishi kutilmoqda, ammo ular "tayyorgarlik jarayonidan to‘liq xabardor emaslar".
Agentliknig ma’lum qilishicha, muzokaralar Saudiya Arabistonining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Musayd al-Ayban olib boradi. Biroq rejalar har qanday vaqtda barbod bo‘lishi mumkinligi ham inkor etilmayapti.
Shu haftaning boshida Donald Tramp Saudiya Arabistonida Vladimir Putin bilan uchrashish ehtimoli borligini aytgan edi. Saudiya Arabistoni hukumati o‘z hududida Rossiya va AQSh rasmiy vakillarining uchrashuvini o‘tkazish g‘oyasini ma’qulladi.