Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Kechayu kunduz ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari” tashkil etiladi

A A A
Kechayu kunduz ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari” tashkil etiladi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ham yangi tizim bo‘ladi.

Chet tilini o‘qitishga e’tibor tufayli xususiy til markazlari soni 6 mingdan ortdi. Bugungi kunda 1,5 million yoshlarimiz bo‘sh vaqtini chet tilini o‘rganishga bag‘ishlamoqda.

Lekin shu bilan birga, yaqinda 100 ming nafar yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada yoshlar futbol, voleybol, stol tennisi va badminton kabi sport turlari bilan shug‘ullanishga qiziqishi, bo‘sh vaqtini kibersport bilan o‘tkazishini, kitobxonlik, musiqa, raqs, karaoke, teatr va kino bo‘yicha infratuzilmaga ehtiyoj borligini aytgan, oilaviy aylanish uchun xiyobon va sayilgohlar tashkil etilishini so‘ragan.

Shu munosabat bilan viloyat markazlarida, keyinchalik tumanlarda butun hafta kechayu kunduz ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari”ni tashkil etish topshirildi.

Bu joylarda kibersport, sport va intellektual o‘yingohlar, karaoke klublari, teatr, moda podiumlari, buk-kafe, kovorkinglar va boshqa ko‘ngilochar joylar tashkil etilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Istirohat bog‘lari, xiyobonlarda ijodiy va kino kechalari, raqslar, diskotekalar, viktorinalar, “Quvnoqlar va zukkolar” va boshqa bilimga chorlaydigan va ko‘ngilochar, tomoshabinlar talabiga mos tadbirlarni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Kiritildi: 17:46 11.04.2023. O'qildi: 1583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!