Bugun 3 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Kattalar va bolalar kuniga qancha meva-sabzavot iste’mol qilishi kerak?

Kattalar va bolalar kuniga qancha meva-sabzavot iste’mol qilishi kerak?

🩺 Semizlik — ko‘plab xavfli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omil. Mutaxassislar ortiqcha vazn yuzaga kelishiga asosan nosog‘lom turmush tarzi, jumladan, noto‘g‘ri ovqatlanish sabab bo‘lishini ta’kidlaydi.

🖥 Bu borada Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining alohida tavsiyalari ham bor. Unga ko‘ra, kundalik yog‘ iste’moli kattalar rasionidan joy olgan mahsulotlar umumiy quvvatining 30 foizidan oshmasligi zarur. Xususan:

🍶 10 foizgacha — to‘yingan yog‘li kislotalar (yog‘li go‘sht, sut mahsulotlari, qatiq, sariyog‘ va boshqa turdagi yog‘lar);

🍔 1 foizgacha — sanoat yo‘li bilan ishlab chiqarilgan transyog‘lar va hayvon yog‘lari.

🚫 Qolaversa, shakar iste’molini cheklash ham sog‘lik uchun juda foydali. Bu mahsulotning kunlik me’yorini 25-30 grammdan oshirmaslik (shirinlik va boshqa ozuqa mahsulotlari tarkibidagi ham hisobga olingan) tavsiya etiladi.

❗️Uning o‘rniga sifatli uglevodlarni iste’mol qilish foydali ekanligi qayd etilgan.

✅ Har bir inson o‘z organizmi uchun zarur uglevodlarni, birinchi navbatda, don, sabzavot, meva va dukkakli mahsulotlardan olishi kerak.

🥗 🍇 Xususan, kattalar kuniga kamida 400 gramm meva-sabzavot tanovul qilishi maqsadga muvofiq.

🍒🍉 Bolalar va o‘smirlarning kunlik meva-sabzavotlar iste’moli esa quyidagi miqdorda bo‘lishi tavsiya etiladi:

➡️ 2-5 yosh — kamida 250 gramm;
➡️ 6-9 yosh — kamida 350 gramm;
➡️ 10 yosh va undan kattalar — kamida 400 gramm.

📊 Eslatib o‘tamiz, JSST 2030 yilga borib, dunyo aholisining qariyb 45 foizi semizlikdan aziyat chekishini prognoz qilgan. Olimlar fikricha, bu global muammoga sog‘lom turmush tarzi orqali samarali yechim topish mumkin!

Kiritildi: 23:15 02.10.2024. O'qildi: 209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!