Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Katta Farg‘ona kanalidan oqib kelgan odam murdasi haqida ma’lumot berildi

Katta Farg‘ona kanalidan oqib kelgan odam murdasi haqida ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona kanalida odam murdasi oqib kelgani haqida xabar tarqaldi. Holat viloyat IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 25 iyun kuni Bag‘dod tumani, “Qatag‘on” mahallasida yashovchi fuqaro O‘.T. “Samandarak” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milish maqsadida tushib, cho‘kib ketgan.

Olib borilgan qidiruv ishlar davomida 28 iyun kuni O‘.T.ning murdasi tashqi ko‘rinishidan tan jarohatlarsiz O‘zbekiston tumani, “Zinasha” mahallasi hududidan oqib o‘tgan Katta Farg‘ona kanalidan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:25 03.07.2024. O'qildi: 1904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!