Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

«Katta yettilik» davlatlari Eronga «muhim yangi choralar» bilan javob beradi

«Katta yettilik» davlatlari Eronga «muhim yangi choralar» bilan javob beradi

G7 tashqi ishlar vazirlari Erondan Rossiyaga ballistik raketalar va jangovar dronlarni yetkazib berishni to‘xtatishni talab qildi.

«Katta yettilik» tashqi ishlar vazirlari Eronni Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib bergani uchun qoralagan qo‘shma bayonot berdi.

So‘nggi kunlarda G‘arb davlatlari Eron Rossiyaga ilk Fath-360 raketalarini yetkazib berganini bir necha bor ta’kidlagan edi. Tehron buni rad etadi, Moskva esa izoh berishdan bosh tortadi.

«Eron zudlik bilan Rossiyaning Ukrainaga qarshi noqonuniy va himoya qilib bo‘lmaydigan urushini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi va Ukraina xalqi hamda kengroq Yevropa va xalqaro xavfsizlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid soladigan ballistik raketalar, uchuvchisiz uchoqlar va tegishli texnologiyalarni yetkazib berishni to‘xtatishi kerak», — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, «Katta yettilik» davlatlari Eronni Rossiyaning Ukrainadagi urushini qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun javobgarlikka tortishdan voz kechmasliklari va allaqachon «muhim yangi choralar» bilan javob berishganligi qayd etilgan. 10 sentyabr kuni Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi, xususan, u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni to‘xtatdi.

Kiritildi: 12:30 15.09.2024. O'qildi: 1358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!