Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kashmirdagi vaziyat tufayli Toshkent-Amritsar yo‘nalishida samolyot O‘zbekistonga qaytdi

Kashmirdagi vaziyat tufayli Toshkent-Amritsar yo‘nalishida samolyot O‘zbekistonga qaytdi

Toshkent-Amritsar yo‘nalishida uchgan Uzbekistan airways aviakompaniyasiga tegishli bort raqami UK-67007 bo‘lgan Boeing 767-3CB(ER) samolyoti Toshkent shahriga qaytmoqda. Bu haqda AviaSpotter xabar qildi.

Qayd etilishicha, samolyotning ortga qaytishiga Pokiston Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirgani natijasida ikki mamlakat ustidagi tranzit parvozlarning to‘xtatilishi sabab bo‘lgan.

Amritsar Hindistonning shimoliy-g‘arbida joylashgan bo‘lib, Pokiston bilan chegaralariga yaqin shahri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq Pokiston armiyasi chorshanba kuni ertalab mamlakatning bahsli mintaqasi Kashmirda Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirgani haqfida xabar qilingan edi. Pokiston TIV Islomobod o‘z-o‘zini mudofaa qilishga qodirligini namoyish etganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 13:37 27.02.2019. O'qildi: 1435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!