Hindiston boshqaruvidagi Kashmirning Pahalgam shahrida qurollanganlar 26 kishini o‘ldirganidan so‘ng, Hindiston va Pokiston qo‘shinlari ketma-ket ikkinchi kun o‘q otishmalarini davom ettirmoqda. Hindiston bu hujumda Pokistonni ayblamoqda.
Pokiston Bosh vaziri Sharif mamlakatning o‘z suverenitetini himoya qilishga tayyor ekanligini, ammo hujum bo‘yicha "xolis" xalqaro tergov o‘tkazilishiga rozi ekanligini bildirdi.
Qurollangan polisiya va harbiylar Kashmirda hujum sababchilarini qidirib, uylar va o‘rmonlarni tekshirmoqda. Hindiston armiyasi qo‘mondoni mintaqadagi xavfsizlik holatini ko‘zdan kechirdi.
Hindiston rasmiylarining aytishicha, ular hujumdan so‘ng Hind daryosi suvlari to‘g‘risidagi muhim shartnomada ishtirokini to‘xtatib, Pokistonga "bir tomchi ham suv" bormasligini ta’minlash ustida ishlamoqda.
Ikki davlat bir-biriga nisbatan qattiq diplomatik choralar ko‘rdi, jumladan, quruqlikdagi chegaralarni yopish, savdoni to‘xtatish va xavfsizlik xodimlarini chiqarib yuborish.