Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Karol — bu uning lavozimi emas" - Zelenskiy

"Karol — bu uning lavozimi emas" - Zelenskiy

"Karol — bu uning lavozimi emas, bu uning ismi. Ularda monarxiya emas, balki demokratiya, shuning uchun bugungi kunda Yevropani, jumladan, Polshani ham himoya qilayotgan Ukraina bilan munosabatlarni biroz to‘g‘riroq yo‘lga qo‘yish kerak", — dedi Zelenskiy.

U, shuningdek, o‘zi ham "knyaz Vladimir emasligini" qo‘shimcha qildi.

"Gap o‘tmishdagi buyuk tarixiy shaxslar haqida ketayotgani yo‘q. Gap bugungi kun haqida. Men hozir prezidentman va o‘z davlatim manfaatlarini himoya qilyapman. Biz xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik haqida o‘ylashimiz kerak", — deb bayonot berdi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, Polsha bilan bog‘liq hozirgi mojaro Zelenskiyning Ukraina armiyasi bo‘linmalaridan biriga "Ukraina qo‘zg‘olonchilar armiyasi qahramonlari" nomini berish qaroridan boshlangan edi.

Bu esa UQAni polyaklar genosidi uchun javobgar deb hisoblaydigan Varshavaning noroziligiga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng Polsha prezidenti Zelenskiyni "Oq burgut" ordenidan mahrum qilgandi.

Kiritildi: 14:02 22.06.2026. O'qildi: 2661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik