Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Karmana tumanida imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan MCHJlar aniqlandi

Karmana tumanida imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan MCHJlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan ATB “Mikrokreditbank” Karmana filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.Y.” ishlab chiqarish korxonasi rahbari N.J. va “K.D.” MCHJ mas’ul shaxslari bankdan zamonaviy issiqxona qurish maqsadida ajratilgan 150 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini “K.D.” MCHJ hisob-raqamiga o‘tkazish orqali naqdlashtirib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:24 01.07.2022. O'qildi: 2590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!