Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘ladi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, tomonlar prinsipial kelishuvga erishgan. Italiyalik futbolchi "Real"ni tark etadi va iyun oyi boshida yangi ish joyiga ishga kirishadi.
Anchelotti 4 iyun kuni JCH-2026 saralashida Ekvador bilan to‘qnash keladigan besh karra jahon chempionlarini boshqarishi kutilmoqda.