Rossiyaning Finlyandiya bilan chegara hududi Kareliyada Su-30 qiruvchi samolyoti o‘quv parvozi paytida halokatga uchradi, natijada ekipaj a’zolari halok bo‘ldi, deb xabar berdi “Interfaks” Mudofaa vazirligiga tayanib.
"Samolyot kimsasiz hududga qulab tushdi. Parvoz o‘q-dorilarsiz amalga oshirildi", deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Su-30 - bu 4+ avlod Sovet va Rossiyaning ikki o‘rindiqli ko‘p maqsadli qiruvchi samolyoti hisoblanadi. Narxi 83 million dollar.
Su-30 ning bir soatlik parvozi 40 000 dollarga baholanadi.
Bugungi kunda u xalqaro bozorda eng muvaffaqiyatli qiruvchi samolyotlardan biri hisoblanadi. Su-30 ko‘p marta modernizasiya qilingan.