Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Karantin: polisiya jirkanch ishlar bilan shug‘ullanadigan jinoiy guruhni qo‘lga oldi

Karantin: polisiya jirkanch ishlar bilan shug‘ullanadigan jinoiy guruhni qo‘lga oldi

Ispaniyaning Barselona shahrida koronavirus infeksiyasi epidemiyasi bilan kurashish uchun o‘tkazilgan karantin tadbirida jinoiy guruh ushlandi.  Bu haqda Ispaniyaning "Olive Press" nashriga tayanib, "Pink News" xabar bermoqda.

Fuqaro kiyimida bo‘lgan bir nechta milisiya xodimlari jinoiy guruh to‘plangan joyni aniqlab, yangi a’zolar sifatida tashrif buyurishdi.  Eshik qo‘ng‘irog‘ini bosishganida guruh vakillari yangi a’zolar deb o‘ylab, ichkariga taklif qilishdi. Ular kelganida kvartirada 30 ga yaqin erkak to‘plangan, ular giyohvand moddalar iste’mol qilib, boshqa jirkanch ishlarni amalga oshirishni rejalashtirayotganlarini aytishdi. Ulardan ba’zilari polisiya oldida giyohvand moddalardan tatib ko‘rishdi ham.

Keyinroq xonaga formada kirib kelgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari guruhni qo‘lga oldi. Giyohvand moddalarni saqlash va tarqatish bilan bog‘liq moddalar bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Jinoiy guruh a’zolaridan biri yo‘tala boshladi. Uni tekshirishganida koronavirus alomatlari topilmadi va u ham hibsga olindi.

 

Kiritildi: 13:46 27.03.2020. O'qildi: 4202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!