Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Kanadalik reperning 100 million dollarlik uyini sel bosdi

Kanadalik reperning 100 million dollarlik uyini sel bosdi

Kanadalik reper, bastakor va musiqiy prodyuser Dreykning Torontodagi ko‘chmas mulki kuchli sel va bo‘ronlar tufayli suv ostida qoldi. Bu haqda xonanda o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”

Dreyk ijtimoiy tarmoqqa yomon ob-havo natijasida jabr ko‘rgan xonadon suratini joylashtirdi. 4,5 ming metr kvadrat maydonga ega hashamatli uyning poli suv bilan to‘lgan edi. Rasmda reperning yordamchisi kuchli suv oqimi kelayotgan shisha eshikni bazo‘r ushlab turishga urinayotgani aks etgan

Reper unga yordam berishga urinib, xonadagi suvni tashqariga chiqarib tashlashga uringan.

Toronto Hydro elektroenergiya kompaniyasi CBC telekanaliga bergan bayonotida 16 iyul, seshanba kuni noqulay ob-havo sharoiti tufayli shaharning ko‘plab ko‘chalarini suv bosishi haqida ogohlantirgan edi. O‘sha kuni yerto‘lalarni suv bosgani haqida 700 dan ortiq murojaat kelib tushgan. 167 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotisiz qolgan.

Kiritildi: 23:10 20.07.2024. O'qildi: 1253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!