Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kanadaga bormoqchi bo‘layotganlar diqqatiga: Endi turistlar bu davlatda ishlay olmaydi

Kanadaga bormoqchi bo‘layotganlar diqqatiga: Endi turistlar bu davlatda ishlay olmaydi

Kanada turistlarga mamlakat hududi ishlash uchun ruxsatnomaga ariza berish imkonini beruvchi vaqtinchalik davlat siyosatini tugatdi.

Immigrasiya, qochqinlar va Kanada fuqaroligi (IRCC) turistlarga Kanada ichida ishlash uchun ruxsat olishga imkon beruvchi vaqtinchalik davlat siyosatini tugatdi va darhol bu amal qiladi.

IRCC siyosatni 2020 yil avgust oyida COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq sayohat cheklovlari tufayli mamlakatni tark eta olmagan mehmonlarga yordam berish uchun joriy qilgan. Siyosatga ko‘ra, Kanadaga tashrif buyuruvchilar mamlakatni tark etmasdan ishlash uchun ruxsatnoma olishlari mumkin edi. Bundan tashqari, oldingi 12 oy ichida ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan, lekin Kanadadagi maqomini «mehmon» ga o‘zgartirgan chet el fuqarolari yangi ishlash ruxsatnomasi bo‘yicha qarorni kutib, Kanadada qonuniy ishlash uchun ariza topshirishlari mumkin edi.

Aslida, ushbu vaqtinchalik siyosat 2025 yil 28 fevralda tugashi begilab qo‘yilgan edi.

Kiritildi: 17:52 31.08.2024. O'qildi: 1287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!