Kanadaning Tinch okeanidagi Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasiga urilgan bo‘ronli shamollar tufayli kamida 6500 uy xo‘jaligi va boshqa ob’ektlar elektr ta’minotisiz qoldi.
Bu haqda CTV telekanali ma’lum qildi.
Kanada Milliy ob-havo byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, shamolning tezligi ba’zi joylarda 39 m/s (140 km/s dan ortiq) ga yetmoqda. Kuchli yomg‘ir bilan birga kelgan noqulay ob-havo tufayli ushbu hududlar o‘rtasida parom qatnovi ham to‘xtab qolgan.
Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.