Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Kanada Ukrainaga 15 million dollar ajratadi

Kanada Ukrainaga 15 million dollar ajratadi

Kanada hukumati Ukrainaga yetkazilgan Germaniyaning Leopard 2 tanklariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun qo‘shimcha 20 million Kanada dollari (taxminan 15 million dollar) ajratish niyatida.

Bu haqda Kanada mudofaa vaziri Devid Makginti ma’lum qilgan.

"Uchrashuv chog‘ida vazir Makginti Kanada Polshadagi Leopard 2 tanklariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash markazini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 20 million dollar ajratishini ma’lum qildi”, — dedi u.

Unga ko‘ra, Kanada avgust oyidan Polshadagi markazga 50 ta zirhli texnikani tashishni boshlaydi. Yil oxirigacha yetkazib berish to‘liq bajarilishi kerak. Vazirning ta’kidlashicha, Kanada 2022 yil fevralidan boshlab Ukrainaga umumiy miqdori qariyb 6,5 milliard Kanada dollari (taxminan 14,75 milliard dollar) miqdorida harbiy yordam ko‘rsatish majburiyatini olgan.

Kiritildi: 07:46 22.07.2025. O'qildi: 434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!