Kanada mudofaa vaziri Uilyam Bler Livandan 20 ming kanadalikni evakuasiya qilish rejasini ma’lum qildi , deb xabar bermoqda CBC telekanali .
“Hozirgi bosqichda bu faqat ehtiyot chorasi. Biz Livandagi vaziyatning yomonlashuvidan xavotirdamiz va uni diqqat bilan kuzatib boramiz. Ba’zi holatlar borki, evakuasiya qilishning iloji bo‘lmasligi mumkin», - dedi vazir.
Uning aniqlik kiritishicha, Kanada fuqarolari o‘z vatanlariga zudlik bilan evakuasiya qilinmasligi mumkin, lekin birinchi navbatda xavfsiz joyga olib ketilishi mumkin, ulardan biri Kiprdir .