Kanada bosh vaziri Mark Karni 17 sentyabr kuni Yevroparlamentda nutq so‘zlaydi. Tashrif Ottava va Bryussel o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash harakatlari, shuningdek, Kanada va AQSh o‘rtasidagi savdo ziddiyati kuchayib borayotgan bir paytga to‘g‘ri keladi.
Karni Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenning taklifiga binoan Strasburgga boradi.
16 sentyabr kuni Yevroparlamentning yalpi majlisida fon der Lyayen «Evropa Ittifoqining holati to‘g‘risida»gi yillik nutqini so‘zlaydi.
«Bosh vazirning ushbu muhim tashrifi YEI va Kanada o‘rtasidagi aloqalarni yanada chuqurlashtirish hamda munosabatlarimizni mustahkamlash uchun imkoniyat yaratadi», — deb yozdi Yevroparlament raisi Roberta Metsola X ijtimoiy tarmog‘ida.
Karnining tashrifi Vashington bilan savdo muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan keyin amalga oshadi. AQSh 24 avgust kuni qariyb 20 milliard dollarlik Kanada tovarlariga 50 foizgacha boj joriy etganidan so‘ng, Ottava javob choralarini ko‘rishga tayyorligini bildirdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bilan munosabatlar keskinlashib borayotgan bir sharoitda Karni Kanadaning yevropalik hamkorlar bilan aloqalarini mustahkamlash tarafdori bo‘lib kelmoqda.