Bombalanayotgan G‘azo: 445-kunning asosiy voqealari.
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 445 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar Xon Yunis, Rafah, Dayr al-Balahiy, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Bir kunda 32 kishi shahid bo‘ldi. Urush boshlanganidan beri 45317 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Kamol Advan kasalxonasi uchinchi kundirki fashistlar hujumiga uchradi. Bosqinchilar shifoxona devorlari yaqinida portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashinani portlatib yuborishi oqibatida 20 nafar tibbiyot xodimi va bemor jarohat oldi.
▪️Dayr al-Balaxada nasistlar ochlikdan azob chekayotgan falastinliklarga gumanitar yordam olib ketayotgan karvonga hujum qilishdi, natijada to‘rt nafar qo‘riqchi halok bo‘ldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Bayt Lahiyadagi binoda bir guruh isroillik askarlarni yo‘q qildi. Oldin jangchilar pichoqli hujum uyushtirib, binoni qo‘riqlayotgan 3 nafar askarni o‘ldirgan. Operasiyadan so‘ng jangchilar asirga olingan bir necha falastinlikni bosqinchilar qo‘lidan ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi.
▪️Xusiylar Isroilga raketa otishdi. 20 nafar ko‘chmanchi jarohat oldi, Ben Gurion aeroporti yopildi. Avvalroq harakat vakili Asqalon va Yafadagi ishg‘olning ikkita harbiy ob’ektiga hujum qilingani haqida xabar bergan edi.
▪️G‘arbiy Sohilda, Jeninda bosqinchilar bir o‘smirni o‘ldirdi, Baytlahmda bir ayol yaralandi. Bosqinchilar Tulkarmdan chiqib ketganidan so‘ng, bosqinchilar tomonidan infratuzilmaning keng ko‘lamli vayron qilingani aks etgan videolar internet orqali tarqatildi.
▪️Sloveniya G‘azodagi genosid tufayli Isroilni "Eurovision - 2025" tanlovida ishtirok etishdan chetlashtirish bo‘yicha rasmiy so‘rov yubordi. Agar bu talab bajarilmasa, Sloveniya norozilik belgisi sifatida musobaqadan chiqadi.
▪️Shvesiya, Kanada, AQSH, Iordaniya, Finlyandiya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Janubiy Koreyada Falastinni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli aksiyalar o‘tkazilmoqda.
▪️Bosqinchilarning mudofaa vaziri birinchi marta Ismoil Haniya qotilligi uchun Isroil mas’uliyatini tan oldi.