Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Kamila Valiyeva Olimpiadadagi mojarodan keyin birinchi marta "Instagram"da post joylashtirdi

A A A
Kamila Valiyeva Olimpiadadagi mojarodan keyin birinchi marta "Instagram"da post joylashtirdi

15 yoshli rossiyalik figurali uchuvchi Kamila Valiyeva Pekin-2022 Olimpiadasidagi mojarolardan keyin birinchi marta Instagram'dagi sahifasiga post joylashtirdi.

"Mening birinchi Olimpiadam nihoyat yakunlandi. Sportchi sifatida hayotimdagi eng muhim voqeaga meni yetaklagan murabbiylarim Eteri Georgiyevna, Sergey Viktorovich, Daniil Markovichga rahmat aytmoqchiman. Siz o‘z sohangizning mutlaq ustasisiz! Va siz faqatgina shug‘ullantirmaysiz, balki o‘zimizni yengishni o‘rgatasiz. Bu nafaqat sportda, balki hayotda ham yordam beradi. Yonimda siz bilan o‘zimni himoyalangandek his qilaman va har qanday sinovdan o‘ta olaman. Menga kuchli bo‘lishga yordam berganingiz uchun rahmat", — deb yozadi Valiyeva.

Kamila Valiyeva Olimpiadadagi mojarodan keyin birinchi marta "Instagram"da post joylashtirdiShuningdek, Kamila sinovli kunlarda uni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

"Ushbu og‘ir davrda men bilan birga bo‘lgan barchaga: yonimda bo‘lgan va ko‘nglimni sinishiga yo‘l qo‘ymagan, menga qo‘llab-quvvatlovchi xabarlarni yuborgan, faqat men haqimda o‘ylagan, ibodat qilgan, menga ishongan barchaga rahmat aytmoqchiman. Muxlislarim, oilam, do‘stlarim, murabbiylarim, butun ROQ jamoasi, mening vatanim va butun dunyodagi odamlarga rahmat. Hammaga rahmat!

Men buni har doim eslayman, sizlardan minnatdorman va siz uchun figurali uchishda davom etaman",-deya post qoldirdi Valiyeva.Kamila Valiyeva Olimpiadadagi mojarodan keyin birinchi marta "Instagram"da post joylashtirdiKamila Valiyeva Olimpiadadagi mojarodan keyin birinchi marta "Instagram"da post joylashtirdi

Kiritildi: 14:53 22.02.2022. O'qildi: 2897 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!