Qonunchilikka ko‘ra, kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishda soliq organlarining quyidagi huquqlari bekor qilingan:
🔹soliq to‘lovchining hududiga kirish;
🔹soliq to‘lovchining hududini va binolarini ko‘zdan kechirish;
🔹soliq to‘lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
🔹soliq to‘lovchining hujjatlari va buyumlarini olib quyish.
Bundan QQS summasi o‘rnini qoplashda (qaytarishda) o‘tkaziladigan kameral soliq tekshiruvlari mustasno.