Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kamalla Xarris: Otishmani to‘xtatish vaqti keldi

Kamalla Xarris: Otishmani to‘xtatish vaqti keldi

AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris Arizonadagi saylovoldi mitingi chog‘ida falastinlik tarafdorlarning genosidni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlariga javob berdi. Uning ta’kidlashicha, o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuv tuzish va mahbuslarni ozod qilish vaqti kelgan.

Xarris, shuningdek, u va prezident Jo Bayden o‘t ochishni to‘xtatish va mahbuslarni qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun faol ish olib borayotganini aytdi. U Falastin tarafdorlarining fikrlarini hurmat qilib, ularning pozisiyasi muhimligini qayd etdi.

Vositachilar, jumladan, Misr, AQSh va Qatarning janglarni to‘xtatish va o‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni almashish bo‘yicha kelishuvga erishishga chaqirishlariga qaramay, Isroil G‘azo sektoriga hujum qilishda davom etmoqda.

Kiritildi: 14:26 11.08.2024. O'qildi: 1556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!