Kamala Xarris siyosiy faoliyatini davom ettirish niyatida va Kaliforniya gubernatori va mamlakat prezidenti uchun navbatdagi saylovlarda ishtirok etish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Noyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lgan AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris 2028 yilda yana o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin, deb yozadi Politico beshta manbaga tayanib.
Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, u o‘z yordamchilari va yaqin atrofidagi odamlarga o‘z faoliyatini davom ettirishning barcha mumkin bo‘lgan variantlarini, jumladan, 2026 yilda Kaliforniya gubernatori yoki 2028 yilda mamlakat prezidentligiga nomzodini qo‘yishni o‘rganishni alohida topshirgan.
Ba’zi demokratlar uning potensial nomzodini inkor etsalarda, ular Xarris saylovoldi kampaniyasi davomida amerikaliklarning katta qismi ustidan g‘alaba qozonganini va partiyadagi o‘z mavqeini mustahkamlaganini tan olishadi. Echelon Insights so‘rovi natijalariga ko‘ra, ayni damda u o‘zining partiyadoshlari bo‘lgan barcha raqiblaridan ustundir.