Bugun 13 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kamala Harris tibbiy xulosasini e’lon qildi

Kamala Harris tibbiy xulosasini e’lon qildi

Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Harris noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlar oldidan shifokori Joshua Simmonsning “salomatligi a’lo darajada” ekanini tasdiqlovchi tibbiy xulosasini e’lon qildi.

Xulosada qayd etilishicha, siyosatchining so‘nggi tibbiy ko‘rigi aprel oyida o‘tkazilgan va salomatlik bilan bog‘liq hech qanday buzilishlar aniqlanmagan. Simmonsning ta’kidlashicha, 59 yoshli Harris faol hayot tarzini olib boradi va “juda sog‘lom ovqatlanish” qoidalariga rioya qiladi.

Bundan tashqari, u so‘nggi uch yil davomida allergen immunoterapiyasidan o‘tgan, bu unga siyosatchi azob chekayotgan mavsumiy allergiya alomatlarini yengishga yordam berdi. Shifokor, shuningdek, Harris chekmasligini, spirtli ichimliklarni esa faqat me’yorida iste’mol qilishini qo‘shimcha qilgan.

10 oktyabr kuni The Wall Street Journal nashri Harris amaldagi davlat rahbari Jo Baydendan uzoqlashishga urinayotgani, biroq uning siyosati amaldagi prezident ma’muriyatining qadamlaridan qanday farq qilishini tushuntirib bera olmasligini yozgan edi.

Kiritildi: Bugun 09:25. O'qildi: 373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!