Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Kam ta’minlangan oilalar nafaqa pulini oldimi?

A A A
Kam ta’minlangan oilalar nafaqa pulini oldimi?

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2025 yil avgust oyi uchun 606,6 mingta kam ta’minlangan oilalarga jami 332,9 mlrd so‘m mablag‘lar AT «Xalq banki» ga to‘liq moliyalashtirildi.

Shundan:

581 814 ta oilaga 322,4 mlrd so‘m bolalar nafaqasi;

24 821 ta oilaga 10,6 mlrd so‘m moddiy yordam mablag‘lari ajratildi.

O‘z navbatida kam ta’minlangan oila sifatida nafaqa oluvchi 533,2 mingta oilalarga (yoki jami oluvchilarning 87,9 foizi) bank kartalari orqali to‘lovlar amalga oshiriladi.

Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchi oilalarga joriy oy to‘lovlari Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan oyning 27-sanasiga qadar yetkazib beriladi.

Kiritildi: 06:09 20.08.2025. O'qildi: 1743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!