Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

«Kalmar o‘yini» serialini ko‘chirib sotgan koreyalik erkak o‘limga hukm qilindi

«Kalmar o‘yini» serialini ko‘chirib sotgan koreyalik erkak o‘limga hukm qilindi

KXDR fuqarosi «Kalmar o‘yini» serialini ko‘chirib sotgani uchun o‘limga hukm qilindi. Bu haqda RFA xabar bermoqda.

U serialni Xitoyda flesh xotiraga ko‘chirib olgan va uyiga qaytganidan so‘ng nusxa ko‘paytirib hamyurtlariga sotgan.

Ushbu holat bir necha nafar maktab o‘quvchilari serial tomosha qilib o‘tirganida ushlanganidan so‘ng aniqlangan. O‘quvchilar besh yilga majburiy mehnatga hukm qilingan, maktab xodimlari esa ishdan bo‘shatilgan.

«Hukumat bunga jiddiy qaraydi, chunki bunday holatlar yoshlarning ta’lim olishini buzadi. Markaziy qo‘mita maktab direktori, yoshlar ishlari bo‘yicha kotib va sinf rahbarini ishdan bo‘shatdi», — degan manba.

Qayd etilishicha, KXDRda o‘tgan yili kapitalistik mamlakatlar videomahsulotlarini olib kirganlik va tarqatganlik uchun jazolash ko‘zda tutilgan qonun qabul qilingan.

Kiritildi: 13:38 25.11.2021. O'qildi: 2603 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!