Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Kaliforniya gubernatori Tramp ma’muriyatidan shtatdagi Milliy gvardiyani chaqirib olishni talab qildi

Kaliforniya gubernatori Tramp ma’muriyatidan shtatdagi Milliy gvardiyani chaqirib olishni talab qildi

Gubernator Gevin Nyusom shtatda noqonuniy migrasiyaga qarshi reydlarga qarshi norozilik namoyishlari davom etayotgan bir paytda, AQSh Mudofaa vaziri Pit Xegsetga murojaat qilib, Los-Anjelesda Milliy gvardiya qo‘shinlarining “noqonuniy joylashtirilishi” to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishni talab qildi.

Prezident Donald Tramp, Kaliforniyada Qo‘shma Shtatlarning Immigrasiya va bojxona xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan reydlarga qarshi noroziliklar boshlangach, ushbu shtatga 2000 nafar Milliy gvardiyachini yuborishni buyurgan edi. Bir hafta ichida Los-Anjeles atrofida migrasiya qonunchiligini buzganlik gumoni bilan 118 kishi qo‘lga olingan.

"Tramp aralashmaguncha, bizda hech qanday muammo yo‘q edi. Bu shtat suverenitetining jiddiy buzilishi — ziddiyatni avj oldirish va resurslarni haqiqatan zarur bo‘lgan joylardan olib qo‘yishdir", — deya ta’kidladi Gevin Nyusom rasmiy murojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shtat rahbari sifatida, xorijiy bostirib kirish yoki davlat hokimiyatiga tahdid soluvchi isyon bo‘lmagan taqdirda, federal yordamga murojaat qilish to‘g‘risida qarorni aynan u qabul qilishi kerak.

Bundan tashqari 22 shtatning demokrat gubernatorlari tomonidan e’lon qilingan umumiy bayonotda prezident Tramp "o‘z vakolatlarini xavotirli darajada suiiste’mol qilganlikda ayblandu, Pentagon rahbari Xegsetning Kaliforniyaga dengiz piyoda qo‘shinlarini yuborish haqidagi tahdidlari esa qoralandi.

Kiritildi: 13:38 09.06.2025. O'qildi: 478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!