Gruziyaning sobiq rahbari Mixail Saakashvili unga nisbatan boshqa jinoiy ishlar ham ochilgani uchun amaldagi prezident Salome Zurabishvili tomonidan afv etilgan taqdirda ham qamoqxonani tark eta olmaydi.
Bu haqda Imedi telekanaliga bergan intervyusida hukmron "Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya" partiyasi bosh kotibi, Tbilisi meri Kaxa Kaladze aytib o‘tdi.
"Bilishimcha, Saakashviliga qarshi boshqa muhim ishlar ham ko‘rib chiqilmoqda, prezidentning afv etishi esa, agar Zurabishvili shunday qaror qabul qilsa, uni ozod qila olmaydi, degan nuqtai nazardan o‘z ma’nosini yo‘qotmoqda. Chunki unga qarshi boshqa muhim ishlar qo‘zg‘atilgan" - dedi Kaladze.