Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Kafedagi mojaro! Departament "xodim"i nega qo‘lga olindi?

Kafedagi mojaro! Departament "xodim"i nega qo‘lga olindi?

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va Yuqorichirchiq tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan hamkorlikda A.B. MCHJ ish boshqaruvchisi M.M.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, aslida K.I. MCHJda haydovchi bo‘lib ishlovchi fuqaro R.N. M kafesiga ovqatlanish maqsadida kirib, taomlarni sifatidan noroziligi va kafega kelgan mijozlarga NKM cheki berilmayotganligini vaj qilib, o‘zini Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimi Rustam deb tanishtirib, g‘aznada turgan NKM apparati va kafega tegishli bo‘lgan tibbiy daftarchani olib qo‘yib, ushbu holatlar yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirmaslik va jarimaga tortmaslik evaziga firibgarlik yo‘li bilan o‘zining jinoiy sherigi, hech qayerda ishlamaydigan fuqaro A.R. orqali 1 mln. so‘m olgan vaqtida Departament organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.N. va A.R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:19 25.04.2019. O'qildi: 2230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!