Hukumatning 2025 yil 9 apreldagi 212-sonli qaroriga asosan, 2025 yil 1 maydan boshlab:
☑️ Respublika va mahalliy hokimiyat organlarida kadrlar (inson resurslari) bilan ishlash tizimi Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan baholab boriladi.
☑️ Har bir davlat organidagi kadrlar bo‘limi rahbarlari attestasiya (baholash) jarayonidan o‘tishlari shart bo‘ladi.
☑️ “Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limlari to‘g‘risida”gi namunaviy Nizom tasdiqlandi. Unda bu bo‘limlarning vazifalari, faoliyati tartibi va rahbarlarga qo‘yiladigan talablar belgilab berilgan.
☑️ Kadrlar bo‘limi rahbari lavozimiga qoida tariqasida quyidagi talablarga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi:
▪️Oliy ma’lumotli;
▪️Kamida 2 yillik ish tajribasiga ega;
▪️Kadrlar bilan ishlash, axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha bilimli mutaxassis.