"Er olib beraman" degan va’dalarga ishonmang.
So‘nggi paytlarda ba’zi sobiq yoki amaldagi kadastr xodimlari o‘zini vakolatli deb ko‘rsatib, "er olib beraman" yoki "toifasini o‘zgartirib beraman" degan soxta va’dalar orqali fuqarolarni aldayotgani aniqlanmoqda.
Agentlik ta’kidlashicha:
🔸er ajratish faqat onlayn auksion orqali amalga oshiriladi;
🔸er toifasini o‘zgartirish faqat prezident ruxsati bilan mumkin;
🔸bu jarayonda hech kim pul evaziga o‘zgartirish kirita olmaydi.
Bunday holatlarga duch kelsangiz, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki Kadastr agentligining 1097 raqamiga murojaat qiling.