Shvesiya va Finlyandiyani bog‘lovchi telekommunikasiya kabeli uzildi. Bu haqda Helsingin Sanomat gazetasi xabar berdi.
Uzilish kecha kechqurun Finlyandiya hududida aniqlangan. Finlyandiya polisiyasi uzilish «jinoiy faoliyat doirasida» amalga oshirilganini taxmin qilyapti. Shvesiya hukumati hodisadan xabardor etilgan.
So‘nggi paytlarda Boltiq dengizi raidiusida telekommunikasiya kabellari shubhali tarzda tez-tez uzilmoqda. 17 noyabr kuni Shvesiya va Litva, 18 noyabr kuni Finlyandiya va Germaniyani bog‘lovchi aloqa kabeli uzilgandi.