Bugun 15 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ka’baning yopinchig‘i haqida nimalarni bilasiz?

Ka’baning yopinchig‘i haqida nimalarni bilasiz?

An’anaga kõra, bu yil ham, muharram oyining ilk kunida, Ka’baning va Masjidu-n Nabaviyning yopinchig‘i o‘zgartirildi.

Ka’baning yangi yopinchig‘i taxminan 1350 kg og‘irlikda, balandligi esa 14 metrdir. Qoplamaning to‘rt tarafi va eshik yopinchig‘i eski qoplamaning ustiga o‘rnatildi.

Tikilishi bir necha oy davom etgan, oltin va kumush iplar yordamida oyatlar va naqshlar bilan bezatilgan «Kisva-i Sharif» 678 m2 sof ipak matodan iborat. Kabaning yopinchig‘i uchun 850 kg ipak, 120 kg oltin va 25 kg kumush ishlatilgan.

Ka’baning yopinchig‘i Makkada 300 nafar ishchi tomonidan tikiladi va kisva-i Sharifni o‘rnatish jarayonida 159 ishchi qatnashdi.

Kabaning eski yopinchig‘i zamzam suvi bilan yuviladi va islom mamlakatlariga yuboriladi hamda u yerdagi turli muzeylarga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, har yili Zulhijja oyining 9-kunida, Qurbon hayiti arafasida, almashtiriladigan Ka’baning yopinchig‘i endi har Muharram oyining 1-kunida almashtiriladi.

Kiritildi: 15:06 08.07.2024. O'qildi: 3600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!