Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Jurnalistlar murabbiyni pora ustida qo‘lga tushirishdi

A A A
Jurnalistlar murabbiyni pora ustida qo‘lga tushirishdi

Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiyi Salisu Yusuf korrupsion janjal ichida qoldi, deya xabar beradi BONA NAIJA.

Tarqatilgan videorolik 2017 yilning dekabrida yozib olingan. O‘shanda o‘zlarini agent sifatida tanishtirgan jurnalistlar Yusufga 1 ming dollar pora berib, buni yashirin kamerada suratga tushirganlar. Kelishuvga ko‘ra, murabbiy ikki o‘yinchini Nigeriya terma jamoasining Afrika millatlar kubogiga boradigan tarkibga qo‘shishi kerak edi.

Yusuf Nigeriya futbolida obro‘li kishilardan sanaladi. U 2016 yildan buyon milliy terma jamoani boshqarib kelmoqda va uni 2020 yilgi Olimpiadaga tayyorlashi kerak.

Yusufning o‘zi bu aybni tan olmayapti, u bu pullarni sovg‘a sifatida qabul qilganini aytmoqda.

Manba: stadion.uz

Kiritildi: 19:32 24.07.2018. O'qildi: 1754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik